avatar
Куч
0.20
Рейтинг
+0.50

Мақолалар

“Мои дедушка и бабушка – гордость махалли!”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                             “Мои дедушка и бабушка – гордость махалли!”
                                                   План:
1.     Наша вековая традиция уважение к старшим.
2.     1 октября – Международный день пожилого и старшего поколения.
3.     Забота старшего поколения – общечеловеческий закон общества.
4.     Жизнь старшего поколения созидание молодёжи.
 
“Внимание и забота к людям старшего возраста                                                                                 определяют уровень развития культуры того или иного общества. Уважение и почтение к старшим является неотемлемой частью нашей духовной жизни”.
                                                                                                                        И.А.Каримов
Сколько жили в мире люди, столько они поддерживали вековые  традиции, а кроме этого созданная  одна из  самых почитаемых традиции во все времена была традиция уважение к старшим. И мне кажется, что появилась она как то сама собой, просто в прошлом приобщении  поколений.
Уважение к старшим не является каким то ритуалом, который повторяется только несколько раз в год. Мы должны придерживаться  этого каждый день. Я не имею в виду, что надо твердить своим родителям, бабушкам и дедушкам, что мы их уважаем, ведь слова надо подкреплять действиями. И как же доказать старшим, что мы их действительно любим и уважаем? Очень ли это тяжело? Много ли надо усилий к этому приложить? Я считаю что это совсем не тяжело и не нуждаемся почти ни в каких усилиях.  Совсем нетяжело уступить место в автобусе, как нас учили с детства. Вот это уже и есть уважение к старшим. Постоять немного стоя совсем нетяжело, а вот бабушке или дедушке посидеть приятно будет. Этот поступок мелочь, но он определяет воспитанность человека. Кроме этого, нас учили не только родители, но и учителя всегда быть вежливыми по отношению к старшим. При встрече обязательно поздароваться первым и сказать: “Ассалому-алейкум!”.  Если хочется что-то попросить, надо сказать “пожалуйста” а когда получаешь то, что хотел, надо поблагодарить. Нельзя повышать голос на взрослых. Если к тебе обращается кто-то из старших, то всегда надо выслушать, неперебивая,  а уже потом высказывать свою мысль. Ещё одна наша узбекская традиция уважение  к старшим гласит, что нельзя влезать в разговор взрослых. Это некрасиво.  Все эти правила просты, и их не так уж  и много, поэтому я считаю, что именно так должен вести себя каждый человек.
Уважение к старшим вошло в традицию не только в Средней Азии но и во всём мире.              Международный день пожилых людей был учреждён 1 октября 1991 года Генеральной Ассамблеей  ООН для того, что бы привлечь внимание широкой общественности к проблемам людей пожилого и старшего поколения. Конечно, хочется, чтобы внимание пожилым людям уделялось не только по праздничным датам, чтобы желание помочь им стало ежедневной потребностью. И мы знаем, что в нашей Республике 2015 год объявлен нашим  Президентом “Год заботы и внимания о старшем поколении”. Несмотря на это, с давних времён наши предки: бабушки и дедушки, родители, а также и мы молодое поколение уважали старших по возрасту и прислушивались к их советам.
         В сохранение здоровья людей пожилого возраста, в продлении их жизни огромную роль играет тот факт, насколько внимательно и заботливо относятся к ним окружающие. Необходимо постоянно делать всё возможное, чтобы всегда пожилые люди встречали заботу, тепло, ласку и уважение. Вот одна из самых благородных задач, стоящих перед нашим обществом. Если человеку с детстве говорят о  идеи гуманности, если в нём воспитано высокое нравственное начало,  такой человек всегда будет помнить о своём долге перед старшими. Пожилому человеку  необходимо наша забота и внимание.
        Мы живём в стране где почитание пожилых граждан возведено в ранг государственной политики. Благодаря независимости сегодня махала возродилась и стала способным решать жизненные вопросы самого разного характера. В целях реализации Государственной программы “Год заботы и внимания о старшем поколении” в нашей махалле осуществляются ряд мер по дальнейшему улучшению уровня и качества жизни пожилых людей. В нашей махалле, наверное нет человека, который бы не знал моего бабушку и дедушку. Для односельчан они храбрые, умные, добрые. Мой дед очень интересный человек.  Играет со мной в  шашки выигрывая, он радуется как ребёнок. Мне очень нравится  когда он улыбается. У него особенная улыбка. Несмотря на преклонный возраст, он полон энергии и энтузиазма. Ни одно духовно просветительское  мероприятие махали не обходится без его участия. Поэтому мои дедушка и бабушка – гордость махали.
        Узбекиский народ всегда ценил  и ценит назидания аксакалов, бабушек и дедушек.  Ведь их пожелания и советы помогают нам стремиться к лучшему.  Своим жизненным опытом они направляют нас на праведный путь. Теплом и добротой они согревают и украшают нашу жизнь. Этим мы учимся как завоевать уважение в обществе.
                                                                           
                                                                                                               Кашкадарьинская область
                                                                                                                          Город Карши
                                                                                                                      ученица 9 Б класса
                                                                                                                    средней школы №34
Бозорова Гузаль Самандаровна
Тел: +998919465675 

“Mening bobom, buvim mahallamiz faxri”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан

“Mening bobom, buvim mahallamiz faxri”
Reja:
1.      Oila – tarbiya maskani.
2.      Oila boyligi – jamiyat boyligining asosidir.
3.      Oilada barkamol shaxsni shakllantirish.
4.      Mahalla – ma’naviyat o‘chog‘i.
                                    Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam,
                                        jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir.
                                                                                                            Islom Karimov
 
         Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Sharqda oila tushunchasi oila qurish va uning mustahkamligini, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z  millati, avlod-ajdodlari, jamiyati oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Ayniqsa, o‘zbek xalqi uchun oila eng muqaddas dargohdir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas… O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.
         Shuning uchun ham mamlakatimizda oila va uning muqaddasligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yurtboshimizning tashabbuslari bilan 1998 yil “Oila yili”, 1999 yil esa “Ayollar yili” deb va shuning uzviy davomi sifatida 2000 yil “Sog‘lom avlod yili”, 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi.
         Keksalar ya’ni bobo, buvi bilan bir oilada yashaydigan nevaralar uchun baxt va saodat eshigi ochiqdir. Har bir oilaning o‘z ichki tartib-qoidasi bo‘lib, unga amal qilgan, izzat-ikromini joyiga qo‘ygan farzandlar shu oila a’zolari, shu avlod o‘rtasida hurmat topadi. Bu o‘rinda bobo va buvining o‘giti, tajribasi, ta’lim-tarbiyasi, namunasi nevaralar uchun mayoq hisoblanadi. Xalqimiz o‘rtasida “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari bilmas”  kabi maqollar bejiz paydo bo‘lmagan.
Oilaning eng muhim vazifalaridan biri – tarbiya hisoblanadi. Oila – tarbiya maskani. Aynan shu maskanda dunyoga kelgan farzand bobo-buvidan, ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, balki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab boradi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oily darajadagi qadriyatlar oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati mazmuniga  singib boradi.
“Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan purhikmat so‘zlar oila tarbiyasining negizini tashkil etadi. Bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy, ma’naviy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Oila tarbiyasida oila, maktab, mahalla va jamoatchilik hamkorligini ta’minlash, oila an’analari, qadriyatlar, ota-ona va keksa avlodning mehnat va qahramonlik namunalaridan samarali foydalangan holda tarbiyani tashkil etish komil insonni shakllantirishda muhim omildir.
         Oila shunday  makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi. Yurtboshimiz aytganlaridek, xalqimiz qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.
         O‘zbek xalqi tabiatan bolajon xalq. Bolaga nisbatan bag‘ri kenglik, mehri daryolik, o‘ta fidoyilik o‘zbeklargagina,  xos xususiyatdir. Shu bois ham, bobo-momolarimiz, ota-onalarimiz farzandlarning baxti va kelajagi uchun qayg‘uradi. Ularning puxta bilim olishlari, qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, axloq-odob qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari uchun mavjud imkoniyatlarni yaratadilar. Chunki oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalash – mustahkam poydevorli jamiyat barpo etilishining garovidir. Bola tarbiyasida oilaning har bir a’zosi, ya’ni, bobo, buvi, ota-ona, opa, aka, amma, xola, tog‘a, qo‘yingki, qo‘ni-qo‘shni, mahalla, maktab, jamoatchilik birdek mas’uldir. Xalqimizda “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir tog‘a yetti ota o‘rnida”, “Mahallang – otang-onang”  kabi maqollar bejiz aytilmagan. Bobo, buvi, ota-ona, atrofdagi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari, yurish-turishlari, muomalasi, o‘zlarini tutishlari, jamiyatga, tabiatga munosabatlari namuna sifatida juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bolaga aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi asoslari bobo, buvi, ota-ona namunasi asosida singdirib boriladi. Ular farzand oldida o‘z aql-zakovati, muomalasi, kiyinishi, shirinso‘zligi, qat’iyatliligi, mehnatsevarligi, oila yuritishda adolatparvarligi, ilmparvarligi bilan namuna bo‘lmog‘i zarur.
         Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog‘liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Mahalla shunday bir muqaddas makonki, unda insonlar bir-birlari bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib yashaydilar. Unda insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili,  e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi  va birlashtiruvchi katta oila hisoblanadi. Shuning uchun ham mustaqillik sharofati tufayli mahallalarni har tomonlama barkamolligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.  Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 12 sentabrdagi farmoniga ko‘ra Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 17 oktabrdagi 489-sonli “Respublika Mahalla xayriya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori, 1993 yil 2 sentabrda va Oliy Majlisning 1999 yil 14 apreldagi XIV sessiyasida yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida”gi qonun asosida mahallaning maqomi mustahkam huquqiy asosga ega bo‘ldi.
         Mahalla – ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, an’analar maskani. Chunki qadimdan bayramlar, hayit kunlari, to‘y-tantanalarda qo‘ni-qo‘shnilar, bemorlar, yolg‘iz keksalarni sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlash an’ana tusiga aylanib qolgan.
         Mahalla – tarbiya o‘chog‘i. Mahallada o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir.Yoshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga  javobgarligi, ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi, har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir. Mahalladan yurtga taniqli insonlar yetishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g‘ururlanadilar. Mahallada keksalar doimo hurmat va izzatda. Ular tez-tez mahalla yoshlari bilan uchrashib, qilgan ishlari haqida ularga so‘zlab berib, o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar. Shu jumladan mening bobom va buvim ham mahallamiz faxridir. Buvim uy bekasi. Bobom ichki ishlar sohasida 30 yil xizmat qilib hozirgi kunda nevaralar qurshovida qarilik gashtini surmoqdalar, nafaqadagi militsiya podpolkovnigi. Bobom shu  yillar mobaynida jamoat tartibini saqlash yo‘lida xizmat qilganlar. Biz nevaralarga bobom va buvim non ustiga narsa qo‘yma, tuzni xor qilma, yoshi ulug‘larning yo‘lini to‘sib o‘tma, ota-onangning gapini qaytarma, g‘arib-notavonlar ustidan kulma, odamlarga orqangni o‘girma, hayvonlarning boshiga urma, bo‘sh beshikni tebratma, qarindoshlaring bilan aloqangni uzma, keraksiz joyda gapirma singari hikmatlarni ko‘p aytadilar. Bobomdan har doim mahalladagilar, shogirdlari maslahat oladilar. Mahallamizda esa bunday el-yurt koriga yaragan insonlarni hurmat qilishadi va mahallamiz faxri deb e’zozlashadi. Ularning hayot yo‘li mahalla yoshlarining axloq-odobini tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.
         Xulosa qilib aytganda, bola oilada kamol topadi, maktabda ta’lim-tarbiya oladi, mahalla bag‘rida o‘sib-ulg‘ayadi. Bola oilada to‘g‘ri tarbiya olsa, maktabda namunali o‘quvchiga aylanadi, mahallada boshqalarga ibrat bo‘ladi. Albatta, unda o‘z-o‘zidan huquqiy ong, huquqiy madaniyat ham shakllanib boradi. Farzandlari barkamol, yoshlari bilimdon va vatanparvar bo‘lib ulg‘ayadigan davlat qudratli, xalq esa kuchlidir.
                                                                                         Bozorova Go‘zal Samandar qizi
                                                                      Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
                                                                                          34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
                                                                                                         9 B sinf o‘quvchisi
                                                                                                      Tel: +99891 946-56-75
                                                                                                             +99891 457-17-02